E-commerce SaaS platforma
Social-commerce ekotizimi — HomeShop & Million Market
Instagram/Telegram orqali savdoni boshqaruvchi yagona SaaS tizim: 8 rolli panel, seller havolalari, targetolog ROI analitikasi, Telegram autopost.
Saytga o'tish- Mijoz
- HomeShop & Million Market
- Yo'nalish
- E-commerce SaaS platforma
- Yil
- 2026
- Muddat
- Davomiy loyiha

Loyiha haqida
HomeShop va Million Market kompaniyalari uchun onlayn savdoni boshidan oxirigacha yagona tizimda boshqaradigan SaaS platforma ishlab chiqdik. Tizim tarkibi: xaridorlar uchun onlayn do'kon (UZ/RU, SMS orqali parolsiz kirish), 8 rolli boshqaruv paneli (admin, menejer, operator, ombor xodimi, kuryer, sotuvchi, targetolog), Telegram bot (autopost va bildirishnomalar) va reklama tizimi (ROI, CTR, KPI analitikasi). Asosiy g'oya — social-commerce: Instagram va Telegram'dagi har bir sotuvchi o'z unikal havolasini tarqatadi, xaridor havola orqali buyurtma beradi, tizim buyurtmani operator → ombor → kuryer zanjiri bo'ylab avtomatik yuritadi va yetkazilgach sotuvchi balansiga pul avtomatik tushadi. Payme, Click, Uzum va karta to'lovlari integratsiyasi tayyor holda qurilgan. Ikkala kompaniyada jonli ishlab turibdi.
Asosiy imkoniyatlar
- 8 rolli boshqaruv paneli — har rol o'z vakolati bilan
- Seller unikal havolalari va avtomatik balans hisobi
- Targetolog paneli: ROI, CTR, KPI analitikasi
- Telegram autopost va real-time bildirishnomalar
- Buyurtmaning to'liq zanjiri: operator → ombor → kuryer
Texnologiyalar
Keyingi loyiha
Bank sohasi uchun AI agent
Shunga o'xshash tizim kerakmi?
Vazifangizni muhokama qilamiz va arxitektura bo'yicha taklif beramiz.