AI Agent
Bank sohasi uchun AI agent
RAG asosidagi AI agent: bank mahsulotlari, kartalar, kreditlar va texnik murojaatlar bo'yicha 24/7 xavfsiz javob tizimi.
- Mijoz
- Bank (maxfiy)
- Yo'nalish
- AI Agent
- Yil
- 2026
- Muddat
- Davomiy loyiha

Loyiha haqida
Bank sohasi uchun mijozlarga tezkor, aniq va xavfsiz javob beruvchi AI agent yechimini ishlab chiqdik. Agent kredit mahsulotlari, bank kartalari, omonatlar, to'lovlar, mobil ilova muammolari, filial va bankomat qidirish bo'yicha yordam beradi, kerakli holatda operatorga yo'naltiradi yoki murojaat (ticket) yaratadi. Ko'p bosqichli pipeline qurildi: intent classification, RAG search, query rewrite, multi-turn context resolver, tool routing, safety guard, response validation va operator fallback. Xavfsizlik alohida e'tiborda: agent PIN, CVV, OTP kabi maxfiy ma'lumotlarni hech qachon so'ramaydi va firibgarlik ehtimolida avtomatik xavfsiz javob qaytaradi. Natijada operator yuklamasi kamaydi, mijozlar 24/7 rasmiy ma'lumotlarga asoslangan javob oladi. Mijoz nomi maxfiylik sababli oshkor qilinmaydi.
Asosiy imkoniyatlar
- 24/7 avtomatik mijoz xizmati
- RAG orqali rasmiy ma'lumotlarga asoslangan javoblar
- Xavfsizlik: PIN/CVV/OTP so'ralmaydi, firibgarlikdan himoya
- Operator fallback va ticket tizimi integratsiyasi
Texnologiyalar
Keyingi loyiha
Edem Bystro — HoReCa uchun AI buyurtma tizimi
Shunga o'xshash tizim kerakmi?
Vazifangizni muhokama qilamiz va arxitektura bo'yicha taklif beramiz.