Asosiy kontentga o'tish

Kompaniya

Biznes tayanadigan tizimlarni quramiz

Magnasoft — Toshkentdagi dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniya. Biz kompaniyalarning kundalik ishini boshqaradigan tizimlarni yaratamiz: ERP va CRM'dan tortib AI agentlar, e-commerce platformalar va mobil ilovalargacha.

5+

yillik tajriba

150+

yakunlangan loyiha

50+

faol mijoz

12

mutaxassis

Bizning vazifamiz

Murakkab biznes jarayonlarini oddiy, ishonchli va o'lchanadigan raqamli tizimlarga aylantirish. Biz texnologiyani o'zi uchun emas, biznes natijasi uchun tanlaymiz.

Rasmiy maqom

IT Park rezidenti

Magnasoft brendi ostida faoliyat yurituvchi "MAGNA" MCHJ Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) rezidentlarining Yagona reestriga kiritilgan.

Guvohnoma
№ 1999
Reestrga kiritilgan
15-sentabr, 2023
Asos
IT Park direksiyasining 14/25-son qarori
Guvohnomani tekshirish
"MAGNA" MCHJ — IT Park rezidenti guvohnomasi №1999

Qadriyatlar

Ishimizning asosi

Muhandislik sifati

Toza arxitektura, kod sharhi, testlar va hujjatlar — har bir loyihada standart.

Hamkorlik

Biz pudratchi emas, hamkormiz: biznesingizni tushunib, birga qaror qabul qilamiz.

Natijaga yo'naltirilganlik

Muvaffaqiyatni biznes ko'rsatkichlari bilan o'lchaymiz: tezlik, konversiya, tejalgan vaqt.

Shaffoflik va ishonch

Aniq muddatlar, ochiq hisobotlar va oldindan kelishilgan smeta.

Jamoa

Bir jamoada — barcha kompetensiyalar

Loyihaga kerakli mutaxassislar bitta jamoada ishlaydi, shuning uchun qarorlar tez va mas'uliyat aniq.

  • 01Solution arxitektorlar
  • 02Backend dasturchilar
  • 03Frontend dasturchilar
  • 04Mobil dasturchilar
  • 05AI / ML muhandislar
  • 06QA va DevOps muhandislar
  • 07Loyiha menejerlari
  • 08UI/UX dizaynerlar

Texnologiyalar

Har bir vazifa uchun to'g'ri til

Tizimlarni isbotlangan dasturlash tillari va texnologiyalarda quramiz — modaga emas, loyihaning ko'lami, xavfsizligi va qo'llab-quvvatlash qulayligiga qarab tanlaymiz.

  • TypeScriptVeb-platformalar, API va admin panellar
  • JavaScriptNode.js servislari, React va Electron ilovalar
  • PythonAI agentlar, RAG va computer vision
  • DartFlutter — iOS va Android ilovalar
  • SQLPostgreSQL, Redis va SQLite
TypeScript
JavaScript
Python
Dart
SQL
Magnasoft

Birga ishlaymizmi?

Loyihangiz haqida gapirib bering — eng mos yechim va jamoani taklif qilamiz.